Farğona viloyati Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi çiqindilarni elektron motorollerlar yordamida olib çiqib ketişni yölga qöydi.
Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi xabariga köra, boşqaruv taşkilotlari uçun berilayotgan ekologik toza, şovqinsiz işlovçi elektron motorollerlar mahalliylaştiriş tamoyillariga asosan “Metall lazer” MÇJ tomonidan işlab çiqarilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, köp kvartirali uylarga tutaş yer hududlarni obodonlaştiriş, sanitar-gigiyena talablari asosida ozoda saqlaş dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur uskuna ortiqça sarf-xarajatlarni kamaytiriş bilan bir qatorda, atrof-muhitning zaharli gazlardan ifloslanişi oldini olişi bilan ham ahamiyatli. Farğona viloyatidagi 48 ta boşqaruv servis kompaniyasiga zamonaviy motorollerlar yetkazib beriş rejalaştirilgan.

Ma’lumot uçun, bir dona elektron motorollerning narxi 32 mln sömni taşkil etmoqda.












