Filippinda sobiq diktator Ferdinand Markosning öğli Filippin prezidenti böldi. 30 iyun, payşanba kuni Bongbong Markos nomi bilan tanilgan kiçik Ferdinand Markos 17-davlat rahbari sifatida qasamyod keltirdi. Tantanali marosim Maniladagi Milliy tasviriy san’at muzeyida yuzlab taniqli mehmonlar, jumladan, xorijdan kelganlar iştirokida bölib ötdi.

64 yoşli kiçik Markos 9 may kuni bölib ötgan saylovda ğalaba qozondi. Prezident Rodrigo Dutertening qizi Sara Duterte-Karpio vitse-prezident böldi va 9 iyun kuni qasamyod keltirib, 30 iyun kuni lavozimiga kirişdi.

Dutertening olti yillik avtoritar boşqaruvidan söng, huquq himoyaçilari, katolik çerkov vakillari va siyosatşunoslar kiçik Markos prezidentlik lavozimida yanada avtoritar kursni tanlaşi mumkinligidan xavfsiramoqda. Saylov kampaniyasida u oilasining ötmişdagi şafqatsizligi va korrupsiyasini qoralaşdan boş tortdi.

Katta Ferdinand Markos 1965-1986 yillarda Filippinning 10-prezidenti bölgan. Xalq qözğoloni natijasida u oilasi bilan AQŞga qoçib ketgan va u yerda ularga siyosiy boşpana berilgan. 1989 yilda sobiq diktator Havayida vafot etdi. 2016 yilda oila Filippinga qaytib kelgaç, kiçik Markos vitse-prezidentlik uçun saylovda qatnaşdi va Leni Robredoga imkoniyatni boy berdi. Joriy saylovda diktatorning öğli özining asosiy raqibi Robredodan ikki baravar köp ovoz töplab, işonçli ğalabaga erişdi.

Köplab şov-şuvli harakatlari va bayonotlari bilan tanilgan Rodrigo Duterte ötgan yilning oktyabr oyida siyosatdan ketişini e’lon qilgan edi.