Germaniyaning Uniper kompaniyasi Rossiya-Ukraina nizosi fonida inqirozli vaziyatga uçraganini ma’lum qilgan va davlatdan yordam söragan dastlabki yirik energetika kompaniyasi böldi. 

Germaniya iqtisodiyot vazirligi Dyusseldorfda joylaşgan kompaniya bilan muzokara olib borilayotganini tasdiqladi. 

"Muzokara davom etmoqda. Bunga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi natijasida gaz narxining keskin kötarilişi va Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkaziş hajmining kamayişi sabab böldi", - deb ma’lum qildi vazirlik. 

Uniper rahbari Klaus Diter Mausbaxning sözlariga köra, hozirda kafolat taqdim etilişi, mavjud kredit liniyasini oşiriş va kompaniya kapitalida davlatning iştirok etişi körib çiqilmoqda. 

Uniper moliyaviy direktori Tina Tuomelaning ma’lumot berişiça, kompaniya 14 iyundan beri şartnomada körsatilgan gazning atigi 40 foizini olgan.

Uniper Finlandiyaning Fortum konsernining şu’ba kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya şuningdek, Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniyadagi 9ta yerosti gaz ombori operatori hamdir.