Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Vazirlar Kengaşi rahbarlari va jamoatçilik vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda davlat rahbari separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga da’vat etadigan har qanday harakatlarga qonunçilikka muvofiq keskin çora körilişi, aybdorlar jazoga tortilişini aytib ötdi.
«Men har safar ğurur bilan aytaman, men ham Özbekiston, ham Qoraqalpoğiston farzandiman deb. Yuragimdan aytaman buni doim. Hayotimni qöyganman bu masalaga. Bir söm topsam, 60 tiyinini oldin Qoraqalpoğistonga beryapman. Qoraqalpoq elim, yoşlarimga.
Har bittalaringni eşitmoqçiman. Bu qadrdon vatanimizni, şunça qilgan mehnatimizni özimiz saqlamasak, boşqa heç kim saqlab bermaydi. Sizlardan iltimosim şuki, bu dargohni, qoraqalpoq elini asraşlaring kerak. Bu yerda yaşaşlaring kerak, odamlarga tuşuntirişlaring kerak hamma narsani. Yoşlarni yölga soliş kerak.
Şuning hammasini joy joyiga qöyiş uçun keldim. Meni bugun Qoraqalpoğistonga könglim olib keldi, mehrim olib keldi, yuragim olib keldi. Men qanday tinç ötira olaman?
Men baribir, qanday oğir bölmasin, qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini ta’minlayman. Şuni hamma bilişi kerak. Menga tinçlik kerak. Bir narsani bilinglar - davlatning kuçiyam bor, qudratiyam bor, imkoniyatiyam bor», degan prezident.













