Huawei kompaniyasi Nova 10 va Nova 10 Pro smartfonlari taqdimotini ötkazdi.
Har ikki qurilma Snapdragon 778G protsessori bilan jihozlangan bölib, ularning tezkor xotirasi 8 Gb, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 Gb. Nova 10 6,6 dyuymli, Pro versiyasi 6,7 dyuymli OLED-ekranga ega.

Smartfonlarning öziga xos jihati ularning old kamerasidir. Yangi qurilmalarning old kamerasi 60 megapikselga teng.
Nova 10 siğimi 4000 mA·s, Nova 10 Pro 4500 mA·s bölgan akkumulyator bilan jihozlangan. Smartfonlar HarmonyOS 2 operatsion tizimida işlaydi. Huawei Nova 10 narxi 400 va Huawei Nova 10 Pro narxi 550 dollarga teng.












