Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Özbekiston bilan Qozoğiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Suhbat avvalida Qozoğiston prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpoğistonda qonunga zid xatti-harakatlarga çek qöyiş, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta’minlaş böyiça körilgan qat’iy çora-tadbirlarni har tomonlama qöllab-quvvatladi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, şu jumladan sanoat, qişloq xöjaligi, transport, logistika, mahsulotlarni özaro yetkazib beriş sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş nuqtayi nazaridan köp tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşildi.