5 iyul kuni Oliy Majlis Senati Kengaşi majlis qilib, yuqori palataning 28-yalpi majlisini 8 iyulga çaqiriş töğrisida qaror qabul qildi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa şaklida bölib ötadi va unda uçta qonun körib çiqiladi:
- “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş töğrisida”;
- “Soliq maslahatiga oid faoliyat töğrisida”;
- “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida”.
Bundan taşqari, Davlat budjetining 2021 yil yakunlari hamda 2022 yil 1-çorakdagi ijrosi töğrisidagi hukumat hisobotlarini eşitiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, senatorlar daryolar özanlarini tozalaş va qirğoqlarini mustahkamlaş, noruda foydali qazilmalarni qazib olişning atrof-muhit, suv va yöl xöjaligi obektlariga salbiy ta’siri yuzasidan hamda iqtisodiyotning işlab çiqariş sohasida mahalliylaştiriş dasturlarining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovlarini yuboriş masalasini körib çiqadi.
Yalpi majlisda eksport hajmining barqaror ösişini ta’minlaş va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar, mamlakatda gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlaş holati, şuningdek, homilador va reproduktiv yoşdagi ayollar hamda gödaklarga körsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovlari natijalari ham körib çiqiladi.












