Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya, Eron va Xitoy Lotin Amerikasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi
Ekspertlarning fikricha, AQShning siyosiy raqiblari birlashmoqda va «mintaqa ko‘pqutbli kuchlarni qabul qilishga shayligi to‘g‘risida bayonot berishga tayyorlanmoqda».
Foto: AP
Rossiya, Eron va Xitoy Lotin Amerikasida – Venesuelada birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda AQShdagi Xavfsiz erkin jamiyat analitika markazi (SFS) hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro avgust o‘rtalarida «Snayper chegarasi» harbiy o‘yinlarini qabul qiladi. Moskva, Pekin va Tehron boshqa ishtirokchilar qatorida o‘z qurolli kuchlarini G‘arbiy yarimsharga olib o‘tadi va «ilg‘or kuchlarini Lotin Amerikasi va Karib havzasiga joylashtiradi».
Analitika markazi ekspertlarining fikricha, AQShning siyosiy raqiblari birlashmoqda va «mintaqa ko‘pqutbli kuchlarni qabul qilishga shayligi to‘g‘risida bayonot berishga tayyorlanmoqda».
«Bugungi kunda harbiy mashg‘ulotlar Amerikaga qarshi rejimlardan tuzilgan Lotin Amerikasi koalitsiyasi Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash ustida ishlayotganining oshkora alomatlaridan biri», — deyiladi hisobotda.
2022 yil yanvarida Rossiya, Eron va Xitoy Hind okeanida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
21:32 / 19.05.2026
200 nafarga yaqin rossiyalik harbiy Xitoyda yashirincha tayyorgarlikdan o‘tdi – OAV
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
18:27 / 19.05.2026
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03 / 19.05.2026