Qoraqalpoğistonga borişda köpçilikning köz öngida tutab yotgan şahar, jazavaga tuşgan va jabrlangan odamlar tasavvur qilingani rost. Lekin ilk qadamlardanoq butunlay özgaça manzaraga guvoh bölinadi. Töğri, hali hammasi oldingidek emas, lekin vaziyat ança iziga tuşgan, odamlar köçalarda emin-erkin harakatlanmoqda, hamma öz kundalik taşvişlari bilan band. Bozorlarda odam gavjum, savdo rastalarining aksariyatida savdo qizğin.
Hali internet faoliyati tiklanmagan, ammo ayrim bankomatlar, ijtimoiy obektlar işlab turibdi, markaziy maydonlar, namoyiş bölib ötgan joylar toza-ozoda, heç narsa tartibsizliklar bölganini eslatmaydi.


Köçalarda barvasta harbiylar borligi esa tinçlik böyiça qat’iyat naqadar jiddiyligini anglatib turadi, tartibsizliklarga endi aslo yöl yöqligini ta’kidlagandek böladi.
«Voqealar boşlanişi va bu qadar tez avj olişida xorijiy kuçlar aralaşuvi bölgani qator dalillar bilan tasdiğini topmoqda. Çunki namoyişçilar aloqa çeklanganiga qaramay bir vaqtda bir neça nuqtada uyuşgan holda harakatlangani, ularga spirtli içimliklar va giyohvand moddalar yetkazib berilgani, guruhlar aniq boşqarib turilgani ma’lum.

Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi vaziyatni ham kuzatib boryapmiz. Qöşimça ma’lumotlar tergov yakuniga köra taqdim qilinadi. Lekin hozirdanoq qat’iy xulosa qiliş mumkin – bu tinç namoyişlar bölmagan», – dedi Milliy gvardiya polkovnigi Zafar Alimov OAV vakillari uçun uyuştirilgan matbuot anjumanida.
Namoyişçilarning maqsadi konstitutsion tuzum va hududiy yaxlitlikka tajovuz ekanining yana bir belgisi – ular Dauletmurat Tojimuratovni Qoraqalpoğiston rahbari deb e’lon qilmoqçi bölişgan. Heç qanday huquqiy asossiz, şunçaki uning çaqiriqlariga ergaşgan holda. Noqonuniy mitinglarda hammaning e’tiborini öziga qaratgan Tojimuratov hokimiyat ramzini anglatuvçi yangi tönni yelkasiga olgan holda Qoraqalpoğistonning ajralib çiqişiga oid separatistik ruhdagi çiqişlar qilgan.

























