Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Qozog‘istonda ushlandi
Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanib, tergov organlaridan yashirinib yurgan ayol Qozog‘istonda qo‘lga olingan.
Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘tkazilgan «Zarbdor» tezkor-profilaktik tadbiri davomi o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etgani uchun qariyb 20 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol ushlangan.
Qayd etilishicha, 11 iyun kuni viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida ayol Shimkent shahri hududida qo‘lga olingan va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, 1962 yilda tug‘ilgan F.U. Qibray tumanida yashagan va Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Ammo o‘tgan davr mobaynida tergov organlaridan yashirinib yurgan.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026