Boş prokuratura Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ma’lumot berdi. Ma’lum qilinişiça, tergov harakatlari davomida jinoyat işi böyiça Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kişi uşlangan.
Qayd etilişiça, şakllantirilgan Boş prokuratura tergov guruhi zimmasiga yuz bergan hodisalarning barça holatlarini aniqlaş, tergov harakatlarini xolisona hamda qonunçilikka qat’iy rioya etgan holda ötkaziş vazifasi yuklatilgan.
«Tergov harakatlari davomida jinoyat işi böyiça Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kişi uşlandi.
Şu jumladan, Tajimuratov D.M. va Turdanov A.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov e’lon qilindi. Ularga nisbatan sudning qarori bilan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.
Qallixanova L.O.ning harakatlarida jamoat xavfsizligiga tajovuz qiliş jinoyati alomatlari aniqlandi. U jinoyat işi böyiça gumonlanuvçi sifatida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlandi.
Tergovga jalb etilgan fuqarolarning şa’ni va qadr-qimmati hurmat qilinişi, qiynoq, zöravonlik, şafqatsiz yoki inson şa’ni va qadr-qimmatini kamsituvçi harakatlarga yöl qöyilmasligi qat’iy nazoratga olingan.
Gumon qilinuvçi va ayblanuvçilarga himoya huquqi töla ta’minlangan holda tergov harakatlari ötkazilmoqda, saqlaş joylarida qonunda nazarda tutilgan barça şaroitlar ta’minlangan. Soğliği va saqlaş şaroitlari böyiça e’tirozlari mavjud emas», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan 2022 yil 2 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça Boş prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq 2022 yil 1 iyul kuni soat 14:50 da «El xizmetinde» gazetasi muharriri va bloger Dauletmurat Tajimuratov Telegram’dagi «Makan.uz» kanali orqali videomurojaat yöllab, videomurojaatida fuqarolarni joriy yilning 5 iyul kuni soat 17:00 da Qoraqalpoğiston Respublikasining “ozodligi”ni sörab Jöqorği Kenges binosi oldida miting ötkazişga da’vat qilgani ma’lum qilingandi.
Jurnalist Lola Qallixanova «Makan.uz» kanali asosçisi va muallifi hisoblanadi, u ham kanal orqali videomurojaat qilib, xalqni mitingga çorlagan.













