Taşqi işlar vazirligi Qozoğistonda bölib turgan özbekistonliklarga murjaat qilib, Qoraqalpoğiston orqali Özbekistonga kiriladigan «Dovud ota» posti hamon yopiqligini eslatib, mamlakatga boşqa yöllar orqali qaytişni tavsiya qilgan.

«Özbekiston prezidenti farmoni bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyuldan 2 avgustga qadar favqulodda holat joriy etildi. Şu munosabat bilan, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi «Dovud ota» – «Tajyen» (avtomobil) ötiş punktida fuqarolar va yengil transport vositalari qatnovi vaqtinça töxtatilgan. Şu bilan birga, uşbu punkt nuqtasi orqali yuk taşuvçi avtomobillar ötişiga ruxsat beriladi.

Bundan taşqari, «Nukus-Beyneu-Nukus» yönalişi böyiça temiryöl aloqasi ham töxtatildi. Özbekiston fuqarolari va çet el fuqarolari Özbekistonga «Dovud ota»dan boşqa ötiş punktlari orqali kelişlari mumkin.

Şuningdek, «Aqtau – Nukus», «Aqtau – Urganç», « Olmaota – Toşkent», «Olmaota – Samarqand» va «Nur-Sulton – Toşkent» yönalişlaridagi havo qatnovi ham faoliyat körsatmoqda», deyiladi bayonotda.

TIV Özbekiston fuqarolari va çet el fuqarolari maslahat uçun quyidagi raqamlarga murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan:

Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasi (Nur-Sulton şahri) – 8 (717) 295-45-87;

Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;

Özbekistonning Aqtau şahridagi Boş konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.