Fitch xalqaro reyting agentligi 7 iyul kuni Belarusning xalqaro valutadagi uzoq muddatli reytingini CCC (defolt yuzaga kelişining real ehtimoli)dan C (defolt jarayoni boşlandi)ga özgartirdi.

Bunday qaror Belarus rasmiylarining iyun oyi oxirida yevroobligatsiyalar böyiça majburiyatlarini belarus rublida tölaşini e’lon qilişi ortidan qabul qilindi.

Minskning bu xatti-harakatlari yevrobond çiqariş qoidalariga zid deb körilmoqda.

Belarus yevroobligatsiyalar böyiça qarzlarini rublda tölaş böyiça ilk operatsiyani amalga oşirib bölgan. Biroq 13 iyulgaça investorlar oldidagi majburiyatlarini tegişli valutada bajarmasa, Fitch buni defolt deb hisoblaydi.

Iyun oyi oxirida Moody’s agentligi Rossiya yevrobondlar böyiça texnik defoltga uçraganini ma’lum qilgandi.