Dard insonga kutilmaganda keladi deyilganday, ança yil avval dabdurustdan köriçak bölib qoldim. Şifoxonada operatsiyadan söng ikki kişilik palataga olişdi. Yarim keçada palatadagi şovqindan uyğonib ketdim. Qarasam vraç, hamşira va yana bir neça kişi hamma yoği bint bilan örab taşlangan, bir oyoği gips qilingan yigitni yonimdagi koykaga joylaştirişyapti.

Ertasi kuni yigit bilan tanişib oldim. Aytişiça, bundan bir neça kun oldin avtohalokatga uçragan ekan.

«Röparadan kelayotgan maşinaning çiroği közimni qamaştirdi, xayolimda maşinam yöldan çiqib ketayotganday tuyulaverdi. Rulni töğrilayman deb uni burganimda töğridan kelayotgan yuk maşinasining oldiga çiqib ketdim. Qarsillagan ovozni eşitganim esimda, uyoğini bilmayman. Közimni oçganimda jonlantiriş bölimida yotardim. Biroz özimga kelganimdan keyin mana, sizga hamxona qilib qöyişdi», dedi yigit.

Yigit bir-ikki kunda ança öziga kelib qoldi. Mening ham operatsiyadan söng orttirgan yaram bita boşladi. Kunlardan bir kun yigit «Hammasini özimga özim qildim, köpning haqi şunaqa oqibatga olib kelişini bilardim», deb qoldi. Men uning gaplariga qiziqib, nima bölganini söradim. U hikoyasini boşladi.

«Kollejni bitirgaç iş qidira boşladim. Söng tuman elektr tarmoqlari korxonasiga montyor bölib kirdim. Avvaldan xonadonlarda elektr tarmoqlarini tortiş qölimdan kelgani uçun, iş joyimga oson moslaşdim.

Işxonamda maoş unça katta emas, rözğorga ham yetmasdi. Ammo odamlar elektr bilan boğliq turli yumuşlarga çaqirib turişar, işlari bitgaç özlari rozi bölib xizmat haqi berişardi. «Xizmat haqi»ni insof bilan olardim va heç kim norizo bölmasdi. Aksinça, işi bitgan odamlar duo ham qilişardi.

Şu sohada 3 yil işlab qöygaç rahbariyat lavozimimni oşirdi. Oddiy montyorlikdan nazoratçi vazifasiga tayinlandim. Işxonamizda nazoratçi vazifasi tez-tez böş qolar, ayrimlar negadir bu vazifada uzoq işlamasdi. Öşanda xayolimdan «Özimning işim yaxşi, nazoratçi bölmasammi?» degan öy ham ötdi. Ammo amalning ham şaytoni böladi deyişgani rost ekan, nazoratçi böliş iştiyoqi ustun keldi.

Nazoratçi bölgaç tezda bu işga bekor ötganimni tuşundim. Nazoratçining «oti uluğ» bölgani bilan daromad yaxşi emasdi. Oylik kam, odamlardan «buyurtma» tuşmas, şu sababli montyorlik qilib işlagan pulimni bu yerda topa olmasdim.

Oradan biroz ötib, avvalroq işga kelgan ayrim nazoratçilar menga «pul topişning turli yöllarini» örgata boşlaşdi. Keyin bilsam ularning ba’zilari özaro til biriktirib, hamjihatlikda işlaşar va topilgan mablağni örtada teng taqsimlaşar ekan.