Qayd etilişiça, 2021 yilning özida 1 200 ta noqonuniy quduq burğilaş holati aniqlangan.
“Şu bois prezident yerosti suvlaridan oqilona foydalanişni taşkil etiş böyiça topşiriqlar bergan edi. Ayni maqsadda yerosti suvlarini samarasiz işlatganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasi işlab çiqildi.
Şuningdek, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida yerosti suvi zaxirasini oşiriş çoralari körilayotgani aytildi.

Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy qiliş, Qaşqadaryoda bu böyiça klaster taşkil etişga qaratilgan işlar haqida ham ma’lumot berildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda geologiya sohasidagi vazifalar ijrosi körib çiqildi.
Yerosti suvlari ham çeksiz emas: Toşkentning suğoriş tizimidagi isrofgarçiliklar
Yerosti suvlari sathi pasayib boryapti. Qanday çoralar köriş talab etiladi?












