Yakunlangan hafta Yevropada transferlar oynasi rasman oçilgandan keyingi ilk hafta böldi. 1 iyul kuni transferlar bozorida köplab erkin agentlar paydo böldi va ular yangi klub topişi uçun ikki-uç kun yetarli böldi. Quyida Yevropada ötgan haftada amalga oşgan asosiy transferlar.

Frank Kesse, «Milan» → «Barselona», erkin agent

Italiya çempioni «Barselona» bilan tört yillik şartnoma imzoladi. «Milan» özining asosiy yarimhimoyaçisini tekinga qöyib yuborişga majbur böldi, uç yil muqaddam u «Atalanta»dan 32 mln yevro evaziga xarid qilingandi. 2021/2022 yilgi mavsumda Kesse 39 öyinda iştirok etdi va tayanç yarimhimoyaçisi pozitsiyasida töp surişiga qaramay, yetti gol urib, bir golli uzatmani amalga oşirdi. Bundan taşqari, ötgan mavsumda Frank uç öyinga jamoani sardor sifatida boşlab tuşgan.

Frank Kesse «Barselona»da. Foto: DAVID RAMOS/GETTY IMAGES 

«Men uçun bu ajoyib imkoniyat. Mavsum boşlanişi va bor kuçimni jamoa uçun berişni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Seni öz vaqtida ajoyib futbolçi bölgan va endilikda ajoyib murabbiy Xavi jamoaga çaqirganda, barça harakatlaring zoye ketmaganini anglaysan. U va yangi jamoadoşlarim bilan imkon qadar tezroq iş boşlaşni istayapman», – dedi «Milan»ning sobiq futbolçisi yangi klubi bilan şartnoma imzolagaç.

Kalvin Fillips, «Lids» → «Mançester Siti», 48,75 mln yevro

«Siti» Fernandino ketgaç, tayanç yarimhimoyasida böş qolgan pozitsiyaga Fillipsni olib keldi. Angliya terma jamoasiga nomzod bölgan 26 yoşli yarimhimoyaçi «şaharliklar» bilan olti yillik şartnomaga imzo çekdi. 2021/2022 yilgi mavsumda Fillips faqat 23 öyinda maydonga tuşgan, u mavsumning uç oydan ortiq qismini tizza ostidagi muşaklari jarohati tufayli ötkazib yubordi.

Kalvin Fillips. Foto: Getty Images

«Bu jamoaga qöşilişimning asosiy sabablari Gvardiola bilan, va albatta, yulduzli jamoa bilan birga işlaşni, şuningdek köp narsalarni örganiş va öz öyinimda yanada köproq muvaffaqiyat qozonişni istaganim bilan boğliq. Öylaymanki, men Xosev va futbolçilardan köp narsa örganaman.