Möğul va turk qadimşunoslari Turkiyaning Van viloyatida Çingiziy Hulaguxon davriga oid binolar qoldiqlarini topişdi. Bu haqda Möğulistonning Monsame axborot agentligi xabar bermoqda.
Möğuliston davlat universiteti tarix fakulteti olimlari qadimgi fors va arman manbalarida XIII asrda Hulaguxonning yozgi saroyi qayerda joylaşganligi haqidagi ma’lumotlarni topdilar. Bu ma’lumotni Van tarixiy muzeyi aşyolari bilan soliştirgan olimlar saroyning qayerda joylaşganini aniqlaşga muvaffaq bölişgan.

Qazişmalar natijasida karvonsaroy va sopol peçning qoldiqlari, şuningdek, joylaşuvi xon saroyini eslatuvçi devor qoldiqlari topilgan.
Hulaguxon (1217-1265 yillarda yaşagan) öz davrining eng iste’dodli möğul sarkardalaridan biri bölgan. U möğullarning Eron nizoriylariga, Bağdoddagi Abbosiylar xalifaligiga va Misr va Ğarbiy Osiyoni boşqargan Ayyubiylar sultonligiga qarşi ulkan harbiy yurişiga boşçilik qilgan. Natijada uşbu davlatlar qulab, ularning örniga Hulagu davlati qad rostlagan. Öşa davrdagi fors tarixçilari Hulaguxon qöşinlari 70 ming kişini taşkil etganligini yozişgan.

Hulaguxon rafiqasi bilan. Eronlik tarixçi Raşiduddin Hamadoniyning solnomasi uçun işlangan miniatura, XIV asr.
Bugungi kunga qadar dunyoda törtta möğul saroyining qoldiqlari topilgan. Bular: Içki Möğulistondagi (XXR) Xubilayxonning saroyi, Erondagi Ambagayxonning yozgi saroyi va Astraxan viloyatidagi Oltin Örda poytaxti, ya’ni Botuxon saroyi deb atalmiş Eski Saroy.












