“2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetsso şaharlarida (Italiya) bölib ötadigan XXV qişki Olimpiya va XIV Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetsso şaharlarida (Italiya) bölib ötadigan XXV qişki Olimpiya va XIV Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş dasturi, tayyorgarlik köriş böyiça maqsadli körsatkiçlar va tayyorgarlik köruvçi Özbekiston milliy terma jamoalari kontingenti tasdiqlandi.

Dastur doirasida quyidagilar taşkil etiladi: Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida zamonaviy muz saroyi; Toşkent viloyatida qişki sport turlari böyiça milliy terma jamoa a’zolari uçun 60 öringa möljallangan Olimpiya tayyorgarlik markazi; Toşkent şahrida Qişki sport turlari böyiça respublika ixtisoslaştirilgan sport maktabi.

2023 yildan har yili qişki Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari (respublika sport musobaqalari, xalqaro sport musobaqalari, öquv-maşğulot yiğinlari, Osiyo hamda Jahon çempionatlari va kuboklari) uçun 15 milliard sömgaça mablağ ajratiladi.

Qişki Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan Özbekiston sportçilari qonunçilikda körsatilgan miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Quyidagi hududlar tegişli sport turlariga ixtisoslaştiriladi: Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farğona viloyatlari va Toşkent şahri – figurali uçiş, xokkey, şort-trek, kyorling, paraxokkey, parakyorling sport turlariga; Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarining toğli hududlari – toğ çanğisi, snoubord, fristayl, ski-alpinizm, paratoğ çanğisi, parasnoubordga.