Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Köksaroy» qarorgohida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni kutib oldi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib oliş marosimi böldi.

Şavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov maxsus şohsupaga kötarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. 

Faxriy qorovul bölinmasi boşliği raport bergaç, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan ötib, özbek harbiy xizmatçilarini qutladilar va Özbekiston Respublikasi davlat bayroğiga ehtirom körsatdilar.  

Söng prezidentlar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga taniştirdi. 

Birgalikda suratga tuşiş marosimidan söng davlat rahbarlari tor doirada muzokara ötkaziş uçun möljallangan zalga ötdilar.

Davlat rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, uşbu uçraşuv Özbekiston-Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa oçişiga işonç bildirdi.

«Ular zamirida azaldan mustahkam döstlik, yaxşi qöşniçilik, işonç va özaro qöllab-quvvatlaş riştalari yotadi», - dedi Özbekiston prezidenti.

Özbekiston yetakçisi Turkmaniston prezidentini joriy yil mart oyida ötgan Prezident saylovidagi ğalabasi bilan yana bir bor tabrikladi.