Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Turkiyadagi inflatsiyaning Özbekistondagi narxlarga ta’siri böyiça tadqiqot ötkazdi. Taşkilot matbuot xizmati tadqiqot natijalarini Kun.uz’ga taqdim qildi.
Turkiya Özbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanib, Özbekiston taşqi savdo aylanmasining 7 foizga yaqini uşbu mamlakat hissasiga töğri keladi.
Qayd etilişiça, 2018 yildan boşlab Turkiyada inflatsiya tez sur’atlar bilan ösa boşlagan. 2021 yilda bu körsatkiç 19,6 foizga yetgan (2017 yilda 11,4 foiz). Joriy yilda esa inflatsiyaning 60,5 foizga yetişi prognoz qilinmoqda. Bu holat Özbekistonga qanday ta’sir qilişi mumkin?
PMTI ekspertlari Özbekistonning asosiy hamkorlari bölgan 5 ta mamlakat: Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Janubiy Koreya va Turkiyadan import inflatsiyasini hisoblab çiqdi. Bunda har bir hamkor davlatdan qilinayotgan importning uluşidan foydalanildi. Hisob-kitoblar 11 foizga teng umumiy inflatsiyaning 2,73 foiz punkti Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Janubiy Koreya va Turkiyadan qilinayotgan import hajmiga boğliq ekanini körsatdi. Turkiyadan import qilingan inflatsiya taxminan 0,28 foiz punktga teng. Demak, Turkiyada inflatsiya kuçayişi Özbekistondagi iste’mol narxlariga sezilarli ta’sir qilmaydi.
Agar sömning devalvatsiya darajasi me’yordan yuqori bölsa, bu raqamlar oşişi mumkin. Bu esa valuta kursi barqarorligini ta’minlaş vositalarini takomillaştirişni talab qiladi.












