Kun.uz haj ibodati, uning hikmatlari, hojilarga beriladigan savoblar, Haj qilişdagi niyat hamda uşbu uluğ ziyoratga doir xalqimizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat uyuştirdi.

— Hajdan qaytgan ziyoratçilarni dabdaba bilan kutib olib, hatto haftalab ziyofat berişadi. Umuman özi Hajdan qaytgandan keyin qanday amallar tarğib qilinadi?

— Haj bu bitta farzni bajariş. U mansab yoki elga xizmat emas, inson özi uçun qilgan amali. Bu xokisorlikning çöqqisi bölgandan keyin kibrga sabab bölmasligi kerak. Hajga borgandan faxrlaniş, Hoji aka demasa xafa böliş, dabdaba bilan kutib olişni talab qiliş heç töğri iş emas.

Lekin Haj islomning şiori bölgani uçun uni uluğlaydigan işlar marğub. Masalan, Hajga borib kelgan odamga boşqalar ehtirom qilişi mumkin, lekin buni Hojining özi talab qilişi mumkin emas. Bu şaxs uçun emas, amal uçun ehtirom böladi. Keyin, Hojiga körsatilgan ehtirom ham uning öziga yuqori baho berib, amalini habata (bekor bölib ketişi ma’nosida) qiliş ehtimoli bölsa, unga ehtirom körsatilişi zarar qilişi mumkin.

Uçinçidan, Hajdan kelayotgan odam uçun köçaning boşidan gilam yozib, boşqalarning haqlarini poymol qilib, insonlarga qilinmaydigan uluğlaşlarga aylanmasligi kerak. Yoki isrofga sabab bölmasligi kerak. Hatto Abu Bakr roziyallohu anhu aytganlarki: “Men ölsam, menga yangi mato istab yurmanglar, eski kiyimimni kafanlanglar, yangi matoga tiriklar haqli”, deganlar.

— Hajga borgan odamni ziyorat qiliş tartibi qanday böladi?

— Unga Islom şiorini ado qilgani uçun tabrik, u olgan ruhiy quvvatdan quvvat oliş niyat qilinadi. Ruhiy quvvatning insondan insonga ta’siri bor. U odamdan duo oliş, poklangan odam duolari ijobatga yaqin böladi. Haramda yurgan odam nurlanib ketadi, öşa ziyodan bahra oliş niyat qilinadi.

Ziyorat özi asli ibodat. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Qiyomat kuni şunday nurdan bölgan taxtlarda, nurdan bölgan kiyimlarni kiyib, nur taralib turgan kişilar böladi”. Bular kimlar, payğambarlarmi yo şahidlarmi, deyişadi. Şunda: “Bular bir-birini Alloh uçun ziyorat qilgan odamlardir”, deyiladi.

Töliq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanişiş mumkin.