Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan zilzilada aholining barça qatlamini töğri harakat qilişga örgatişga möljallangan mobil ilova (Zilzila Mobile) yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati vakili Kun.uz’ga xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, yangi mobil ilova keng jamoatçilik tomonidan bepul yuklab oliş uçun joriy yilning 11 iyul kuni Google play (Play Market) platformasiga (Zilzila Mobile) nomi bilan joylaştirilgan.

«Zilzilada aholi barça qatlamlarini töğri harakatlanişga örgatiş uçun möljallangan interaktiv mobil ilovadan foydalaniş uçun Play Market platformasidan uşbu mobil ilovani Android tizimda işlovçi mobil telefonlarga yuklab oliş talab etiladi. Yuklab olingan ilova örnatilganidan söng foydalanuvçi uçun qulay bölgan til tanlanadi. Ilovada uçta tilda (özbek, rus, ingliz) işlaş imkoniyati yaratilgan», – deyiladi xabarda.