Unda, Oqoltin tumani hokimi örinbosarlaridan biri öz xizmat xonasida mahalliy mas’uliyati çeklangan jamiyat iş yurituvçisidan 400 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, mazkur mansabdor şaxs uşbu MÇJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olişiga tösqinlik qiliş, imtiyozlar bermaslik hamda «qora röyxat»ga kiritiş bilan qörqitib, agarda 500 AQŞ dollari bersa, kelgusida MÇJga rahnamolik qilişini bildirgan va uşbu maqsadda muqaddam 1 mln. söm olgan.
Hozirda uşbu mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Qörğontepa prokurori yordamçisi pora olayotganda uşlangandi.
Andijon viloyati Qörğontepa tumani prokurori yordamçisi 10 iyul kuni 1500 dollar pora olayotgan vaqtda qölga olindi.











