Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti Farğona ilmiy tajriba stansiyasini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Fanlar akademiyasi, Qişloq xöjaligi vazirligi va Farğona viloyati hokimliklarining Fanlar akademiyasi Genetika va eksperimental biologiyasi instituti Farğona filiali negizida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti Farğona ilmiy-tajriba stansiyasini taşkil etiş taklifiga rozilik beriladi.

Belgilanişiça:

  • ilmiy-tajriba stansiya ilmiy taşkilot şaklidagi yuridik şaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi;
  • institut ilmiy-tajriba stansiya muassisi hisoblanadi va ular faoliyatini muvofiqlaştirib boradi.

Prezidentning “Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar körsatişni yanada rivojlantiriş töğrisida”gi farmoniga muvofiq körsatilgan ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ular tizimiga kiruvçi ilmiy-tajriba stansiyalari uçastkalari bino va inşootlarini saqlaş, ular xodimlari (ilmiy xodimlardan taşqari) mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlari davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi belgilangan.

Belgilab qöyilişiça:

  • ilmiy-tajriba stansiyasini budjet mablağlari hisobidan saqlaş xarajatlarini moliyalaştiriş 2022 yilda respublika budjetidan birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçi sifatida Qişloq xöjaligi vazirligiga ajratiladigan mablağlar doirasida amalga oşiriladi, 2023 yildan boşlab davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
  • ilmiy-tajriba stansiyasi tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy taşkilotlar tuzilmalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy-tajriba stansiyalari namunaviy tuzilmasiga asosan şakllantiriladi;
  • ilmiy-tajriba stansiyasi Genetika va eksperimental biologiyasi instituti Farğona filiali huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.

Fanlar akademiyasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Farğona viloyati hokimligining Farğona viloyati Boğdod tumani “Konizar” mahalla fuqarolar yiğini hududidan doimiy foydalaniş huquqi asosida Genetika va eksperimental biologiyasi instituti Farğona filialiga ajratilgan 32,31 gektar yer maydonini ilmiy-tajriba stansiyasiga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.