SSV jazirama kunlarda «Tez yordam» xizmatiga qança bemor murojaat qilgani böyiça ma’lumot berdi.

Ötgan hafta Özbekistonga Eron hududlaridan issiq va quruq havo oqimi kirib kelişi natijasida 17 iyuldan boşlab yurtimizda yuqori harorat kuzatilmoqda. Soha mutaxassislari uşbu jazirama hafta davomida saqlanib qolişi, xususan, 21-23 iyul kunlari mamlakatimizda kunduzi harorat 43-45 darajagaça, şimol, janub va çöl hududlarida esa 47 darajagaça kötarilişini taxmin qilyapti.

«Albatta bunday noqulay iqlim, eng avvalo, surunkali kasalligi bölgan, dispanser nazoratida turuvçi bemorlar, yoş bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligi uçun xavf tuğdirişi mumkin. 

Şu bois, ular soğligini alohida tibbiy nazoratga oliş, zarurat bölganda öz vaqtida şoşilinç tibbiy yordam körsatiş lozim. Ayniqsa, issiq havoda surunkali xastaliklar xuruj qilişini e’tiborga olsak, «Tez yordam» xizmati xodimlari zimmasiga bu borada alohida mas’uliyat yuklanadi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

«Yurtimizda anomal issiq boşlangan 17 iyuldan bugun, 20 iyul soat 06:00 ga qadar Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga jami 130 ming 115 ta çaqiriq kelib tuşdi.

Murojaatçilarning 23 ming 421 nafarini qon bosimi kötarilişi, nafas yetişmovçiligi, astma xurujlari va boşqa surunkali kasalliklari bölgan bemorlar taşkil etdi. Ularning 4215 nafari esa gospitalizatsiya qilindi», deydi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy  markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazi rahbari Davlatbek Yuldaşev.

Qolaversa, uşbu sanalarda Toşkent şahar «103» xizmatiga jami 11 ming 821 ta çaqiriq kelib tuşgan. Murojaatlarning 4 ming 235 nafarini qon bosimi kötarilişi, nafas qisişi, astma va boşqa kasalliklar böyiça bemorlar taşkil etdi. Ularning 2 ming 185 nafari esa davolaniş uçun şifoxonalarga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, jazirama havo kuzatilayotgani bois Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati yölga qöyilgan.

Xususan, yurtimizdagi 1010 ta poliklinika, 923 ta oilaviy şifokor punktida patronaj xizmatlari kuçaytirilib, surunkali kasalliklarga çalingan yotoq şaroitidagi bemorlarga öz vaqtida zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.

Şuningdek, mamlakat böylab 2762 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan böladigan çaqiriqlar uçun doimo şay holatda.

«Şu örinda Soğliqni saqlaş vazirligi zarurat bölmasa, aholidan jazirama payti taşqariga çiqmaslikni, tez-tez suyuqlik içiş, imkon qadar yoğli, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksinça, köproq meva va sabzavotlar iste’mol qilişni tavsiya etadi», deyilgan xabarda.