Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etishga chaqirgan fuqaro shartli jazoga hukm qilindi
U zo‘ravonlikka chaqirganlar orasida turli millat vakillari bo‘lgan.
Sankt-Peterburgda sud Roman Ivanovni etnik sabablarga ko‘ra zo‘ravonlikka undagani uchun uch yil muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Sankt-Peterburg sudlarining qo‘shma matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, u Rossiya Jinoyat kodeksining 280-moddasi 2-qismi (Internet orqali ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar) bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Ish materiallariga ko‘ra, joriy yilning may oyida u «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi «Natsistlar jamiyati» guruhida qirg‘izlar, tojiklar va Kavkaz xalqlari vakillariga qarshi zo‘ravonlik harakatlariga chaqirgan.
Ta’kidlanishicha, Ivanovning o‘zi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.
Natijada, sud Ivanovni 3 yillik sinov muddati bilan 3 yil shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek, u 2 yil 10 oy muddatga jamoat tashkilotlari/jamoalarning ishida ishtirok etish, shu jumladan veb-saytlar, elektron yoki axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan internet tarmog‘idan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026