Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga köra, Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq havo oqimi kirib kelişi kuçayadi. Ob-havo harorati kunduzi 47 daraja issiqqa kötarilişi kutilmoqda.

Toşkent şahrida havo harorati keskin kötarilişi sabab yerusti temiryöllari va ularning pölat qismlari harorati juda yuqori bölib, 70 daraja issiqqa yetişi mumkin. 

“Toşkent metropoliteni” xabariga köra, temiryöllardan foydalaniş qoidalariga köra relslar harorati 55 daraja issiqdan oşganda poyezdlar harakati tezligi pasaytirilişi, relslar harorati 60 daraja issiq bölganda poyezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, 65 daraja issiqda – 25 km/soatdan oşmasligi, 70 daraja issiqda esa poyezdlar harakati taqiqlanişi belgilangan.

Bildirilişiça, poyezdlar harakati va yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida metropoliten yerusti halqa yöli va Sergeli yöli uçastkalarida havo harorati kötarilişi kuzatilgan vaqtlarda poyezdlar harakati tezligiga vaqtinça çeklov joriy etiladi.