ÖzA’ning yozişiça, Toşkent şahrida doimiy röyxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toşkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olişiga ruxsat beriladi. Toşkent şahrida uy-joyga bölgan 8 mingdan ortiq talab nisbatan qisqartiriladi.
Arizaçilarni oilaviy daromad (turmuş örtoği va turmuş qurmagan farzandlari) tartibida baholaş joriy etiladi. Subsidiya daromadi yuqori bölmagan oilalarga manzilli yetib borişi ta’minlanadi.
Subsidiya talabgorini baholaş komissiyasi tarkibidan içki işlar bölimlari va tijorat banklari çiqarib taşlandi. Arizalarni körib çiqiş muddatini 5 kunga qisqartirişga imkon yaratiladi.
Fuqarolarni ijtimoiy mezonlarga asosan baholaş va ularni ipoteka krediti böyiça tölov qobiliyatini aniqlaş mustaqil ravişda olib boriladi. Ijobiy xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti miqdorini kafil qöşiş orqali mustaqil belgilaş imkoni yaratiladi.
Hududiy komissiya yiğilişlari elektron tarzda amalga oşiriladi. Xulosalarni umumlaştirib komissiya yiğilişini ötkaziş va arizaçiga taqdim etiş muddati 8 kunga qisqartiriladi.
Arizaçilarni baholaş dasturiy ta’minoti avtomatlaştiriladi va elektron bazalari özaro integratsiya qilinadi. Hujjatni körib çiqişda yil yakuniga qadar inson omili qisqartiriladi.
Subsidiyalar ajratişning maqsadli parametrlari doirasida subsidiyalarni tuman (şahar) kesimida qayta taqsimlaş amaliyoti tugatiladi. Unda talabgorlar subsidiya asosida uy-joyni doimiy röyxatdan ötgan hududi doirasida istalgan tuman/ şahardan olişi mumkin böladi.
Ariza faqatgina fuqarolik pasporti ma’lumotlarini (JŞŞIR) kiritiş orqali topşiriladi. Özgartirişlar natijasida körib çiqişning umumiy muddatini örtaça 7 iş kunigaça qisqartirişga erişiladi.












