Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, havo harorati keskin kötarilişi natijasida elektr energiyasiga bölgan talab keskin oşadi. Elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklama ortişi va natijada tarmoqda nosozliklar kelib çiqişi mumkin.

Anomal issiq kunlarda elektr tarmoğida zöriqişlar oldini oliş uçun xonadonlarga va ofislarga quyidagilar tavsiya etilmoqda:

  • konditsionerlar işlayotgan xonada eşik va derazalarni yopiş;
  • konditsionerni avtomatik rejimda işlatiş;
  • xonadon sohiblari iloji bölsa, hamma xonalarda emas, quyoşga teskari bölgan bir yoki ikki xonada konditsioner işlatib, öşa xonalarda bölişlari;
  • kun issiq paytida (soat 12:00 dan soat 20:00 gaça) imkon qadar boşqa xöjalik elektr buyumlari (elektr çoynak, dazmol, çangyutkiç, mikrotölqin uskuna, kir va idiş yuviş maşinalari)ni işlatmaslik;
  • muzlatkiç (xolodilnik)ni quyoş tuşmaydigan joyda, devorlardan kamida 15 sm masofa uzoqlikda uşlaş;
  • bino quyoş tuşadigan tarafidagi derazalar taşqarisidan, xonalarga quyoş tuşişini çeklovçi matoli yo boşqa materiallardan tösiqlar qöyiş;
  • şunda quyoş xona içini emas, taşqaridagi materialni qizdiradi. Xona salqinroq böladi;
  • dökonlar, elektr sarfini kamaytiriş maqsadida, muzlatkiçlar taşqi qurilmalarini dökon taşqarisiga joylaştirişlari taklif qilinadi. Şunda dökon içida keraksiz issiqlik hosil bölmaydi va dökonni sovituvçi konditsionerlar ortiqça elektr iste’mol qilmaydi;
  • har bir xonadon, uy, ofis va dökon şu muhofaza çoralarini körsa, öşa hududdagi transformator yuklamasi ortişi ehtimoli kamayadi.

Bildirilişiça, Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi barça taşkilotlar tomonidan havo harorati keskin kötarilişi kunlarida iste’molçilarga energiya resurslarini barqaror yetkazib beriş çoralari körilmoqda.

Uşbu kunlarda elektr energiyasini işlab çiqaruvçi stansiyalarda zaxira energobloklari işga qöşiladi. Elektr energiyasi yetkazib beriş sifatini oşiriş maqsadida joriy yil boşidan 2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatiş tarmoqlari va 330 dan ortiq transformator punktlari yangilangan.

“Uşbu vaziyatni töğri tuşungan holda, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş natijasida elektr qurilmalari uzoq muddatga işdan çiqişining oldi olgan bölamiz hamda energiya resurslari barça iste’molçilarga barqaror yetib borişiga munosib hissa qöşgan bölamiz.