10-18 iyul kunlari Armaniston poytaxti Yerevanda 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi bölib ötdi. Dunyoning 64 davlatidan qatnaşgan 256 nafar yoşlar orasidan Özbekiston terma jamoasi a’zosi, Toşkent pediatriya instituti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qölga kiritdi.

Aziza ötgan yili 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qölga kiritgandi. Jizzaxlik yoş biolog qiz Kun.uz'ga bergan intervyusida xalqaro toifadagi nufuzli olimpiadaga tayyorgarlikdan tortib, medalni qölga olgungaça bölgan voqealar, jarayonlar, hissiyotlari bilan bölişdi.

“Tarixçi bölib ketişim ham mumkin edi”

— Oilamizda dadam aniq, oyim esa tabiiy fanlarga qiziqadi. Har safar oyimning işxonasi, poliklinikaga borganimizda bemorlar qanday tuzalib, minatdorlik bildirib, çiroyli duo qilişlarini körib, juda xursand bölamiz. Şunda mendan qaysi kasbni tanlaşimni söraşganida, men oyimga öxşab şifokor bölişimni aytardim.

Keyinçalik, 5-sinf vaqtlarimda tarix fanini juda katta iştiyoq bilan öqidim, ustozimiz şijoat bilan öqitar edi. Maktabga faqat şu fan uçun borardim, desam ham böladi. Balki şu öqituvçim ketmaganida tarixçi bölib ketişim ham mumkin edi. 6-sinfdan biologiyaga qiziqa boşladim, 7-sinfdan olimpiadalarga bordim, yaxşi natijalarni qölga kiritdik. Şu tariqa, bunday közimni oçib qarasam, biologiya sohasining içida ekanman.

“Musobaqaga ilk marta oflayn qatnaşdim”

— Xalqaro biologiya olimpiadasi pandemiya sababli 2 yil davomida onlayn ötkazib kelingan. 2021 yilda Portugaliya mezbonligida ötgan onlayn musobaqada iştirok etganman, lekin oflayn şaklda birinçi marta qatnaşişim. Musobaqaning oflayn ötayotgani men uçun ham yangilik böldi.

“Xalqaro darajadagi ustozlarimdan dars oldik”

— Olimpiaga tayyorgarlik xalqaro darajadagi ustozlar bilan ötdi. 2 yil davomida ulardan örgandik. Xalqaro darajadagi ustozlarning darsi baribir boşqaça böladi. Özimizning bilgan-bilmaganlarimizni örganib, hayajonimizni bosdik.

Töğrisini aytaman, xalqaro darajadagi ustozlarning darslari mana şu xalqaro olimpiadada katta yordam berdi.