Ular orasida umumiy ovqatlaniş va çakana savdo şoxobçalari, savdo avtomatlari va taksi xizmatlari uçun joylar mavjud. Ijara maydonlarining aksariyati hozirda rekonstruksiya qilinayotgan uçib ketiş zalining çap tomonida joylaşgan.

Hozirda auksion uçun önta lot qöyilgan. Uçib ketiş zali va poçta-yuk kompleksida savdo avtomatlarini joylaştiriş uçun joy ijaraga beriladi. 2 kvadrat metr maydonga uçta savdo avtomati (qahva/sneklar/içimliklar) joylaştiriladi. Lot boşlanğiç summasi - yiliga 28,8 mln.

Umumiy ovqatlaniş punktini taşkil qiliş uçun aeroport uçta joyni taklif etadi - ikkitasi jönaş terminalining «steril» zonasida va bittasi estakada ostidagi maydon - hozirgi JUM kafesi. Kafe-bar uçun uçib ketiş zalida 25 kvadrat metr va 80 kvadrat metr maydonlar, töliq oşxona taşkil qiliş imkoniyatisiz, ijaraga beriladi. 

Örnatilgan talablarga muvofiq, ijaraçi kompaniya umumiy ovqatlaniş sohasida tajribaga ega bölişi, taniqli brendga ega bölişi va TripAdvisor ma’lumotlariga köra Toşkentdagi eng yaxşi 10 ta umumiy ovqatlaniş brendlari qatorida bölişi lozim. Birinçi joyda bir kvadrat metrning boşlanğiç qiymati 785 ming söm, ikkinçi joyda 390 ming sömni taşkil etadi. 

Uzoq yillardan buyon JUM brendi ostida faoliyat yuritib kelayotgan kafe uçun ijaraçi qidirilmoqda. Restoranda töliq faoliyat olib boruvçi oşxona mavjud. Umumiy maydoni 217 kvadrat metr bölgan obektning yillik boşlanğiç qiymati 586,5 million sömni taşkil etadi.

Çakana savdo uçun Toşkent aeroportida, kitob dökonini taşkil etiş uçun – yillik boşlanğiç qiymati 47,5 mln söm bölgan 12 kvadrat metr maydon, esdalik sovğalari va gastronomik mahsulotlar dökoni uçun – yillik boşlanğiç qiymati 226 mln söm bölgan 24 kvadrat metr oçiq maydon, gadjetlar va aksessuarlar dökoni uçun – yillik boşlanğiç qiymati 158,4 mln söm bölgan 24 kvadrat metr oçiq maydon va zargarlik buyumlari dökoni uçun – yillik qiymati 226 mln söm bölgan 24 kvadrat metr oçiq maydon bor.

Uçib keliş zalida taksi xizmati uçun peştaxta va ofis xonasi ham savdoga qöyilgan. Ariza beruvçi kompaniya uç yildan ortiq bölmagan benzinli avtomaşinalar parkiga, kamida uç yillik tajribaga ega bölgan haydovçilar tarkibiga ega bölişi kerak. Terminal oldidagi birinçi qatorda har doim kamida beşta maşina bölişi lozim. Lotning yillik boşlanğiç bahosi – 188,82 mln söm.