11:00 / 22.07.2022
3845

UZTELECOM yangi abonentlari uchun ulanishda foydali bonuslarni o‘z ichiga olgan “Yozgi taklif” aksiyalar to‘plamini taklif etmoqda

Foto: UZTELECOM

UZTELECOM'dan chegirmalar mavsumi davom etmoqda! Ulaning va bonuslaringizni olishga shoshiling.

Yoz qizg‘in pallada! Bu esa biz eng muhim daqiqalarni qo‘ldan boy bermasdan, ushbu mavsumning barcha lazzatlaridan bahramand bo‘lishda davom etayotganimizni anglatadi.

UZTELECOMdan “Yozgi taklif” – bu 3 ta foydali aksiya bo‘lib, ular yordamida mobil telefoningiz orqali muloqot qilish yanada foydali va qulayroq bo‘ladi. Bonus gigabaytlar, oylik abonent to‘lovlarga chegirmalar va albatta, OLTIN raqamlar uchun aksiya – bu yozda siz mobil aloqa uchun uch barobar foyda olasiz. Eslatib o‘tamiz, “Yozgi taklif” 2022 yil 31 iyulgacha amal qiladi.

Milliy 10 va Milliy 15 tarif rejalari bo‘yicha GSM standarti tarmog‘iga ulanganda, har bir yangi abonent bonus tarzda – 1 GB mobil internetga ega bo‘ladi. Aksiya jismoniy shaxslar uchun amal qiladi va tarif rejasi uchun abonent to‘lovi to‘laganda, bonus to‘plami faollashuvi avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bonusli to‘plam faollashtirilgandan so‘ng 5 kun davomida amal qiladi. 

Bundan tashqari, yangi abonentlar uchun tanlangan tarif rejaning abonent to‘loviga 22% chegirma taqdim etiladi. Chegirma ulangan paytdan boshlab keyingi 3 oy davomida amal qiladi.

Shunday qilib, 20 Gb mobil trafik, O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz daqiqa va 5 000 SMS taqdim etuvchi Milliy 70 tarifiga ulanishda abonent to‘lovi standart to‘lov 70 000 so‘m o‘rniga 54 600 so‘mni tashkil qiladi.

Aksiya GSM va CDMA standartining jismoniy va yuridik shaxs abonentlari uchun quyidagi tarif rejalarida amal qiladi:

– GSM standartining tarmog‘ida – Milliy 40, Milliy 50, Milliy 70, Milliy 100, Milliy VIP, Milliy Biznes 40, Milliy Biznes 55, Milliy Biznes 75, Biznes Royal.

– CDMA standartining tarmog‘ida – Optimal, Ajoyib.

Nafaqat chiroyli, balki eslab qolish oson bo‘lgan raqamlarni yoqtiruvchilar uchun esa UZTELECOM chiroyli kombinatsiyasiga ega raqamlarga 75% lik katta chegirmani e’lon qiladi.

UZTELECOM Milliy operatoringiz taqdim etayotgan yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internet olamining qulay imkoniyatidan foydalaning.

Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumot uchun havola.

UZTELECOM - Milliy operator

Reklama

Top