“Mikrofon qizlarda” loyihasining navbatdagi qahramoni Adiba Tojimirzayeva 2007 yilda Namangan viloyatining Uçqörğon tumanida tuğilgan. Adiba yaqinda Toşkent şahridagi prezident maktabining 8-sinfini tamomladi. U Harvardda öqişni, keyin Özbekiston tibbiyotiga robotlar va yuqori texnologiyalarni olib kirişni xohlaydi.

“IELTS'dan 8 oldim, lekin undan yuqoriroğini kutgandim”

— Onam – ingliz tili öqituvçisi. Şuning uçun ham bolalikdan uyimizda til örganiş muhiti bölgan. Ingliz tili ikkinçi ona tilimga aylangan desam ham böladi. 5 yoşimdan şu til içidaman. Harf taniganimdan beri şu tilda kitoblar öqiyman va ularning ma’nosini ingliz tilida onamga gapirib beraman. Til örganiş uçun birinçi navbatda kitob öqiş kerak.

Badiiy kitoblar öqiş orqali tilni his qilib, matndan söz ma’nolarini tuşuniş osonlaşadi, öşa til sözlari, grammatikasi, gap qurilişlari ham öz-özidan miyaga muhrlanib qolarkan. Şuning uçun ham IELTS imtihonidan ballim 8 çiqqan bölsa kerak. Lekin bu balldan yuqoriroğini kutgandim.

“Onam qobiliyatimni sinaş uçun turli tögaraklarga bergan”

— Onam bizni qaysi sohada qobiliyatimiz borligini sinaş uçun köp tögaraklarga berib körgan. Masalan, men suziş, tennis, raqsga qatnaganman. Tennis böyiça respublika turnirida ikkinçi, suzişda esa birinçi örinni egallaganman. Qöl urgan yönalişlarimda muvaffaqiyatga erişganman, lekin tibbiyot sohasiga boşqaça qiziqaman.

Prezident maktabida 6-sinfdan öqiy boşlagan bölsam, u yerda koreys tili öqituvçisidan koreys tilini ham örgandim. Ungaça uyda opam va onamdan rus tilini, Namanganda nemis tili kursiga qatnab, nemis tilini örgangandim. Bu tillarni tuşuniş va gaplaşa oliş darajasida bilaman.

Xalqaro fan olimpiadalardagi iştiroki

— Ilk marta matematikadan 5-sinfda öqiganimda xalqaro olimpiadaga qatnaşganman va oltin medal olganman. Şundan keyin qiziqişim ortib, boşqa fanlardan ham fan olimpiadalarida iştirok eta boşladim. Hozirgaça ingliz tili, matematika, kimyo, fizika va biologiya fanlari böyiça 25ta olimpiadaga qatnaşganman va ularning hammasidan örin oldim. AMO (American Mathematics Olympiad), ESB (Eurasian Spelling Bee), WWC (Writing World Cup), OTEC (Online Typing English Competition) kabilardan oltin medal berişgan.