Qayd etilişiça, bugungi kunda respublika böyiça umumta’lim maktablarida sinflardagi öquvçilar soni töliqligi örtaça 25 nafarni taşkil etadi. Ayrim maktablarda uşbu körsatkiç 40 nafar bölsa, ayrimlarida 20 nafarni taşkil etadi. 

Uşbu körsatkiç böyiça Toşkent şahrida sinflardagi öquvçilar soni töliqligi örtaça 31 nafarni taşkil etadi. Alohida ta’lim muassasalari kesimida olib qaralganda, 78 ta maktabda sinf töliqligi 30 nafardan kam bölsa, 23 ta maktabda sinflardagi öquvçilarning örtaça soni 35 nafardan 40 nafargaçani taşkil etmoqda. 

Bildirilişiça, şu bilan birga, hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida ayrim fanlardan öqituvçilarning yetişmovçiligi yuzaga kelmoqda. Umumta’lim maktablarida jami 500 mingdan ortiq öqituvçi faoliyat yuritsa, şundan bugungi kunda 20 foizi 1,0 dan ortiq pedagogik stavkada işlaydi.

Aholi sonining ösiş körsatkiçlari inobatga olinsa, keyingi 5 yilda maktab öquvçilarning soni 7,7 million nafarni taşkil etişi yoki bugungi kundagi körsatkiçga nisbatan 1,5 million nafarga ortişi kutilmoqda. 5 yilda maktab öquvçilari sonining uşbu tarzda ösişi fonida pedagogik stavkalar soni ham şunga mutanosib ravişda köpayadi.

“Öquv dasturini takomillaştiriş bir kunlik masala emas. Bu masala ta’lim sohasidagi islohotlar doirasida öqituvçilar, mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlar iştirokida keng muhokamadan ötişi zarur. Agar uşbu muhokamalar doirasida umumta’lim maktablarida öquv dasturini maqbullaştiriş xulosasiga kelinsa, şunga tegişli ravişda öqituvçilarning pedagogik yuklamasi miqdori ham xalqaro tajribadan kelib çiqib, qayta körib çiqilişi zarur”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Qayd etilişiça, bugungi kunda umumta’lim maktablarida pedagogik stavkalarni qisqartiriş yuzasidan heç qanday işlar olib borilmayapti.

Bundan oldin boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov sinflarda öquvçilar sonini kamaytiriş borasida deputatlar savoliga javoban, köriladigan çoralar qatorida darslar sonini ham keskin qisqartirişni taklif qilgandi. 

“Özbekiston darslar soni böyiça dunyoda birinçi örinda turadi”, dedi