Bu binoning zarur xavfsizlik talablari va şaharsozlik me’yorlariga javob bermasligi haqida dastlab quriliş vazirligi öz munosabatini e’lon qildi. Çunonçi, vazirlik «Özoğirsanoatloyiha» AJ va Samarqand viloyat quriliş nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan 2022 yil 6 may kuni binoning seysmik holati örganib çiqilib, binoning QMQ, ŞNQ talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligini körsatib, binoni buziş böyiça xulosa berilganini qayd etgan.

Samarqand viloyat quriliş nazorati inspeksiyasi ham bu binoning texnik holati haqida matbuot anjumani ötkazgan edi.

Şundan söng Kun.uz saytida uşbu binoni qurgan tadbirkor Furqat Xalilov bilan katta intervyu e’lon qilindi. Tadbirkor binoni qanday barpo etganini hikoya qilib, sönggi yillarda uni hujjatlaştiriş bilan boğliq tösqinliklarga duç kelayotganini aytib bergan edi.

Nihoyat, Quriliş vazirligi quriliş sohasi soha mutaxassislari, olimlar iştirokida Samarqand viloyat quriliş boş boşqarmasida uşbu binoning mustahkamligi va qonuniyligi bilan boğliq masalalarga oydinlik kiritiş uçun katta matbuot anjumani taşkillaştirdi.

12 qavatli mehmonxona binosining texnik holati haqida dastlab Samarqand viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği Laziz Hamidov öz fikrlarini bildirdi. Boşqarma boşliği bino şaharsozlik normalariga mutlaqo javob bermasligini ta’kidlab ötib, uning mustahkamligi ham savol ostida ekaniga urğu berdi. Çunonçi, binodan foydalanişga ruxsat berilsa, unda qöşimça yuklar paydo bölişi, qurilganiga 6 yil bölib hali böy körsatmagan nuqsonlar tezda paydo bölib, binoda işlayotgan, yaşayotgan insonlar, şuningdek qöni-qöşnilar hayotiga xavf solişi mumkinligini aytib ötdi.

Şu sababli, dastlab binoning mustahkamligi borasida soha mutaxassislari va olimlar, xulosa bergan taşkilot xodimlariga söz berdi.