Nazorat uçraşuvi
«Real» — «Barselona» — 0:1 (0:1)
Gol: Rafinya, 27.
«Real»: Kurtua, Lukas Vaskes (Odriosola, 71), Eder Militao (Valexo, 62), Ryudiger (Mendi, 46), Alaba (Naço, 46), Kamavinga (Kazemiro, 46), Valverde (Modriç, 46), Tşuameni (Kroos, 46), Rodrigo (Sebalos, 70), Vinisius Junior (M.Dias, 70), Azar (Asensio, 46).
«Barselona»: ter Ştegen (Inyaki Penya, 62) Arauxo (Dest, 63), Erik Garsiya, Kristensen (F. de Yong, 46), Jordi Alba (Aleks Balde 46), Buskets (Niko Gonsales, 63), Gavi (Kesse, 46), Pedri (Serji Roberto, 63), Rafinya (Depay, 63), Ansu Fati (Dembele, 46), Levandovski (Obameyang, 46).

Ispaniyaning yangi mavsumi reklamasi

Yakşanba kuni Las-Vegasda bölib ötgan klasiko uçun eng yaxşi ta’rifni Karlo Ançelotti berdi. «Barselona»ga qarşi öyin heç qaçon örtoqlik öyini bölmaydi», — dedi ötgan mavsum triumfatori va uning bu sözlari haqiqatga yaqin.

Birinçidan, boşqa nazorat uçraşuvlari top darajadagi rasmiy uçraşuvlarga havas qilgan holda şovqin kötarişga yaraşi mumkin. Xuddi uç yil oldingi Madrid derbisida bölgani kabi, öşanda «Atletiko» safida fantastik öyin körsatib, poker qayd etgan va maydondan çetlatilgan Diyego Kosta ispan gazetalari muqovalarini egallagandi (öyin «Real»ning 3:7 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlangan).

Ikkinçidan, Amerika zaminidagi klasikoga Ispaniya çempionatining oldinda turgan, aql bovar qilmas intriga va’da qiluvçi mavsumining reklama tizeri sifatida qaraş mumkin. Va bularning barçasi «Barsa» olib borgan transfer kampaniyasi samarasidir, klubga yaqin insayderlardan biri bu yozdagi kampaniyani futbol simulyatoridagi vaziyatga qiyosladi.

Bu safar «Real» alohida nuqtalar uçun xaridlar amalga oşirdi va Eden Azarni «aldamçi töqqizlik» sifatida öynatib, Karim Benzema uçun yuklamani yengillaştirişni közlagan. Ançelotti hatto madridliklar uçun transfer kampaniyasi yakuniga yetgani va ularda barçasi ajoyib ekanini aytib çiqdi. «Barsa» esa misli körilmagan saxiylik attraksioni uyuştirdi va unga uzoq muddatli abonement sotib oldi.

«As-Sadd»dagi faoliyati vaqtida Eronga amalga oşirgan taşriflari tufayli Xavi faqat payşanba kuniga kelib jamoaga qöşila oldi, Amerika unga viza berişga şoşilmadi. Lekin murabbiy allaqaçon ikkita teng kuçli tarkibga ega bölib ulgurgan. Odatda bunday holatlarda murabbiy uçun yoqimli boş oğriği haqida eslatişadi. Ha, jarohatlar böladi, masalan, Ferran Torres mavsumlar oraliğidagi ilk maşğulotlardayoq safdan çiqdi, ammo birgina qanot uçun Ansu Fati, Usmon Dembele va Rafinya raqobatlaşganda tanlov amalga oşiriş oson emas. Yoki hujum markazida Levandovski va Obameyangga bir vaqtning özida joy topib beriş.