“Lekin men bu voqealarda özbeklarni ayblamayman. Heç bir millat yomon bölmaydi, har bir millatning esa yomon odamlari böladi. Farğona voqealari oldindan rejalaştirilgani, qirğin qilgan jinoyatçilarga töla erkinlik berilgani ma’lum edi. Daraxtning ustiga qoçib çiqib, atrofni kuzatganlarimni haligaça dahşat bilan eslayman. Vahşiylik şu darajaga yetdiki, yoş bolani boşi bilan yerga kömib, oyoğini osmondan qilib qöyişgandi...”, – deya hikoya qiladi Farğonada tuğilgan, ayni paytda Turkiyada yaşayotgan Arsen Nuri.
Millatçilik asosidagi ziddiyatlar şu qadar oğriqli iz qoldiradiki, yillar ham unga davo böla olmaydi. Yaqinda bölib ötgan Qoraqalpoğiston voqealarida ham ayrim kuçlar mana şu jihatni qurol qilib, örtaga pona qoqişga uringanlari bejiz emas. Bundan 33 yil avval bölib ötgan Farğona voqealari ham Özbekiston tarixida qonli doğ bölib qolgan.
Öşanda mesxeti turklariga mansub aholi hujumlarga uçragan, oqibatda ularning köpçiligi öldirilgan, omon qolganlarining aksariyati Özbekistonni tark etib, turli davlatlarga köçib ketişgandi. Ayni paytda Antaliyada yaşayotgan şu millatga mansub hamyurtimiz Arsen Nurining Kun.uz muxbiriga sözlab bergan hikoyasi ham juda ta’sirli.
– Arsen, Farğonani qanday manzaralar bilan eslaysiz?
– Farğonani haligaça entikib eslayman. Özbekiston men tuğilgan, hanuz talpinadigan mamlakat. Bolaligim şu şaharda ötdi. Bitta köçada ruslar, tatarlar, özbeklar, yunonlar va boşqa millatlar ahil-inoq yaşardik. Farğona yam-yaşil, gözal va zamonaviy şahar, taomlari, nonlarining ta’mi dunyoda topilmaydigan maskan sifatida yodimda qolgan. Biz u yerda xotirjamlik va eminlikda kun keçirganmiz. Afsus, hammasi bir neça kunda ağdar-töntar bölib ketdi.
– Tarixga “Farğona voqealari” nomi bilan kirgan bu kunlar haqida sözlab bering.
– Har bir millatning sinovli kunlari böladi. Lekin yaratganning bizning millatdoşlarimizga atagani köproq ekan nazarimda. Mesxeti turklari dunyo böylab soçilib ketişgan. Özbekistonga ham surgunlar bilan kelib qolganmiz va şu yerda qönim topganmiz. Qaysidir yaramas kuçlarning kasriga bizni şunday vatandan ham mosuvo qilişdi.
1989 yilning yozida vodiyning bir neçta nuqtalarida, avval Namangan va Qöqonda, keyinçalik Farğonada bu voqealar bölib ötdi. Bundan oldinroq ğalati voqea esimda qolgan. Mening bobom kolxozda rais bölgan va uning mehmonxonasi devorida ikkita qadimiy miltiq osiğliq turardi. Uning yaqin tanişi kelib öşa miltiqlarni söradi. Bobom hayron böldi va bermasligini aytdi. Ammo qayta-qayta sörayverdi, bermaganidan keyin hatto qörqitişga ötdi.














