Parijda bölib ötadigan yozgi Olimpiya öyinlari boşlanişiga roppa-rosa ikki yil qoldi. Dunyoning barça sportçilari sport bayramini kutmoqdalar, ammo bu orada musobaqa taşkilotçilari kamida uçta jiddiy muammoga duç kelgan. Olimpiya öyinlarini öz vaqtida ötkaziş xavf ostida bölişi mumkinmi?

Pul yetarli emas

Fransiyaning AFP axborot agentligi tomonidan olib borilgan tekşiruv umidsiz natijalarga olib keldi. Birinçi muammo – bu mablağ yetişmasligi.

Olimpiadani ötkaziş xarajatlari 3,8 milliard yevroga baholangandi. Ikki yil avval, COVID-19 pandemiyasi tufayli musobaqa budjeti 400 million yevroga qisqardi.

Ammo endi yana bir muammo paydo böldi – inflatsiya ösişi. Şu sababli, olimpiya inşootlarini quriş uçun mas’ul bölgan Solideo kompaniyasida qöşimça xarajatlar yuzaga keldi. Bu esa, katta ehtimol bilan, davlat tomonidan qoplanişi kerak. Ammo oddiy fransuz xalqi inqiroz davrida Öyinlarni taşkil etiş uçun davlat budjetidan katta miqdorda mablağ ajratilişini ma’qullaydimi?

Daromad bilan boğliq narsalar ham silliq keçmayapti – çiptalar sotuvi faqat dekabrda boşlanadi, ba’zi yirik homiylar esa hamkorlik şartnomalarini imzolamagan.

Şahar falaj holatiga tuşadimi?

Olimpiada uçun Parijda 10 millionga yaqin muxlis kutilmoqda va ularning şahar böylab harakatlanişi ham muammo keltirib çiqarişi mumkin. Parij markazini Olimpiada inşootlari bilan boğlaşi kerak bölgan ikkita metro liniyasi qurilişi öz vaqtida yakunlanişiga şubha bor. Biroq, AFP xabariga köra, taşkilotçilar bu masalani nazorat ostiga olişganini aytişgan.

Hozirça yer usti transporti orqali harakat qiliş ham qiyin bölişi mumkin: Fransiya avtobus haydovçilari yetişmasligi muammosini bartaraf etişga, şuningdek, Paralimpiya öyinlari uçun qulay muhit yaratişga harakat qilmoqda.

Xavfsizlik muammolari

Fransuzlar dopingga qarşi kuraş jarayonini taşkil qilişda ham qiyinçiliklarga duç kelişdi. XOQ bundan taşvişda ekanini bildirdi. Olimpiada taşkiliy qömitasi Xalqaro test agentligi xodimlarining qiyinçiliksiz işlaşiga imkon beradigan logistika masalalarini işlab çiqişi kerak.

Köpçilikni taşvişga solayotgan yana bir masala – Olimpiya öyinlari mehmonlari xavfsizligi. «Stad de Frans» stadionida bölib ötgan Çempionlar ligasi finalidagi voqealar fransuzlarning eng yirik sport musobaqasida xavfsizlikni ta’minlay olişiga şubha uyğotmoqda.