Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM nomidan anketa töldiriş evaziga 3 mln söm tarqatilayotgani va Coca-sola kompaniyasi tomonidan yutuqli öyinlar ötkazilayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Qayd etilişiça, mazkur ma’lumotlar yolğon va haqiqatga mos kelmaydi.

“Bunday firibgarlarning maqsadi sizning kartangiz ma’lumotlarini aniqlaş va pul yeçiş, şuningdek, ularning "ma’lumotlar bazasi" uçun telefon raqamingizni olişdan iborat. Huşyor böling va uşbu postni yuborib, yaqinlaringizni ogohlantiring”, deyiladi UZTELECOM xabarida.

Şuningdek, Telegram’da Coca-cola nomidan ham soxta xabar tarqatilgan. Unda körsatilgan manzilga kirib, ayrim şartlarni bajarsangiz, minglab sovğalardan birini tekinga qölga kiritişingiz aytilgan. Bu ham firibgarlarning tuzoği hisoblanadi.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilaridan zaruriyat bölmaganda, özi bilmagan va işonmagan har xil sörovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn öyinlar va boşqa feyk e’lonlarga kirmaslikni hamda özining şaxsiy ma’lumotlarini oşkor etib aldanib qolmaslikni sörab qolamiz.