Bu qaraşlarga köra, Özbekistonda ayni kunlarda 50-60 daraja issiq harorat kuzatilyapti-yu, Gidrometeorologiya xizmati odamlarni xavotirga solmaslik uçun haroratni 5-6 daraja pastroq qilib körsatmoqda. Yoki hukumat şu orqali turli tölovlardan qoçmoqda.

Xöş, çindan ham Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy ma’lumotlari haqiqiy haroratni pasaytirib körsatiş orqali e’lon qilinadimi?

Kun.uz muxbiri xizmat mutaxassislariga yuzlanib, vaziyatga oydinlik kiritiş va buni aniq holatda dalillab berişni söradi.

Gidrometxizmat boşqarma boşliği Qahramon Zohidov savollarimizga javob berarkan, avvalo odamlar orasidagi bunday fikrlardan yaxşi xabardorligini aytadi.

“Biz hozir oçiq maydon, oçiq havoda turibmiz. Bu quyoş nurlarining töğridan töğri insonga ta’sir qilişi hisoblanadi. Bu insonlardan taşqari avtomobillarga ham töğridan töğri ta’sir qiladi. Lekin havo haroratini ölçaşning ham öz tasdiqlangan qoidalari bor. Ya’ni avtomobillarga örnatilgan termometrlar havo haroratini tabiiy usulda ölçamaydi.

Havo haroratini töğri ölçaş uçun Selyaninov budkasi nomli quti içida örnatilgan termometr körsatkiçlari ma’lumotiga asoslaniş kerak”, – deydi mutaxassis.

U bizga Selyaninov budkasi nima ekani borasida ham bir qator ma’lumotlarni bölişdi.

“150 yildirki havo harorati 2 metr yuqoriga örnatilgan şu kabi taxtali qutiça içidagi termometr körsatkiçlari yordamida ölçanadi.

Bu qutiça, “psixrometrik budka” yoki “meteorologik budka” ham deyiladi.

Budka 1,75 metrli qözğalmas, mustahkam temir tayançlari ustiga örnatiladi. Budka içida vertikal körinişdagi termometrlar havo harorati qiymatini körsatsa, gorizontal holatdagi termometrlar sutka davomida kuzatilgan maksimal va minimal havo harorati qiymatlarini qayd etadi”, – deydi Zohidov.