“Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş töğrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida deputatlar tomonidan birinçi öqişda körib çiqilib, qabul qilindi.

Manfaatlar töqnaşuvi deganda davlat taşkiloti xodimining, uning yaqin qarindoşlarining va unga aloqador şaxslarning şaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, taşkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelgan va kelayotgan (mavjud manfaatlar töqnaşuvi) yoxud yuzaga kelişi mumkin bölgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar töqnaşuvi) vaziyat tuşunilişi belgilanmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Köplab çeklovlar qatorida qonun bilan davlat taşkiloti xodimlariga özi faoliyat yuritayotgan davlat taşkilotida özining, yaqin qarindoşlari yoki unga aloqador şaxslarga taalluqli işlarni körib çiqişda vakil sifatida iştirok etiş taqiqlanmoqda.

Qonun loyihasida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça asosiy prinsiplar, davlat taşkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça çeklovlar öz aksini topmoqda.