DXX xabariga köra, Farğona tumanida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan T.J. Qöqon şahrida hozirda şaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 152 ming 663 AQŞ dollarini olib, Qirğizistonga ötkaziş maqsadida, Farğona tumanida yaşovçi, 1977 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan R.R.ga yetkazib beriş uçun ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qölga olindi.

Şuningdek, özbek-qirğiz davlat çegarasiga yaqin bölgan Farğona tumanining Mindon qişloğida kutib turgan R.R. ham uşlandi.

Boşqa bir holatda esa Farğona tumanida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan M.Ş. Farğona şahrida fuqaro A.T.dan 140 ming 54 AQŞ dollarini olib, Qirğizistonda istiqomat qiluvçi şaxsga yetkazib beriş maqsadida “Farğona-Vodil” yönalişida davlat çegarasi tomon harakatlanayotgan vaqtida töxtatib qolindi. 

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, A.T. ham qölga olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi tergov bölimi tomonidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.