Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Çilonzor tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, “R.C.” MÇJ ta’sisçisi va rahbari S.K. fuqaro M.ni göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali 10 000 dollar evaziga Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyişga kelişib, şundan 5 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. boşqa bir fuqaro A.ni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Guliston davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 5 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departament hamda DXX Samarqand viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda esa, Samarqand davlat çet tillar institutida tyutor vazifasida işlovçi Ş.T. fuqaro F.ni 3 500 dollar evaziga qöşni Qozoğistondagi oliy ta’lim muassasasi 1-kursini tugatgani töğrisida hujjat tayyorlab beriş orqali özi işlayotgan institut 2-kursiga öqişga kiritib qöyişga kelişib, oldindan 2 000 dollarni olganida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departament Yangihayot tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.S. boşqa bir fuqaro P.ni tanişlari yordamida qöşni Qozoğistondagi universitet 2-kursini tugatgani töğrisida hujjatlarni tayyorlab beriş orqali Toşkentdagi universitetlarning biriga 3-kursiga kiritib qöyişni va’da qilib, evaziga oldindan kelişilgan 2 500 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












