Vazirlar Mahkamasining “Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy qiliş xarajatlari bir qismini subsidiya hisobiga qoplab beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qişloq xöjaligi taşkilotlari tomonidan issiqxonalarda qöllaş uçun sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizi, biroq 150 million sömgaça bölgan qismi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan bir marta qoplab beriladi.
Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy etiş maqsadida, xarid qilingan va örnatilgan muqobil energiya qurilmalari qiymati bir qismini qoplaş tartibi elektron şaklda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.
Talabgorlar subsidiya oliş uçun issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy etiş maqsadida xarid qilingan va örnatilgan muqobil energiya qurilmalari qiymati bir qismini qoplaşga subsidiya ajratişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) yoki bevosita “Agrosubsidiya” AT orqali ariza yuboradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- muqobil energiya qurilmalarini sotib oliş böyiça şartnoma nusxasi va tölov amalga oşirilganligini tasdiqlovçi hujjat;
- muqobil energiya qurilmalarining texnik pasporti va muvofiqlik sertifikati;
- muqobil energiya qurilmalarining örnatilganligini tasdiqlovçi hujjat.
Komissiya beş iş kunida örnatilgan qurilmani joyiga çiqqan holda quyidagi körsatkiçlar asosida örganadi:
- talabgorlar tomonidan örnatilgan muqobil energiya qurilmalari qonunçilik hujjatlariga muvofiq yangi sotib olinganligi va talabgorga tegişli ekanligi;
- örnatilgan muqobil energiya qurilmalarining energiya jihatdan samaradorlik körsatkiçlariga (pasportiga), muvofiqlik sertifikatiga ega ekanligi, texnik talablariga muvofiqligi hamda belgilangan tartibda örnatilganligi;
- örnatilgan muqobil energiya qurilmalarining issiqxonani isitiş uçun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligi;
- energiya ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik şartlarga rioya etilganligi;
- issiqxona loyiha parametrlariga muvofiq qurilganligi.











