2018 yilda Toşkent şahrida yangi xorij oliygohi – YoDJU texnika instituti oçilgandi. Oradan 4 yil vaqt ötdi, ilk qabul qilingan talabalarga diplomlar topşirildi.
2022 yilda institutni jami 721 nafar talaba tamomladi, şularning 68 nafari imtiyozli ravişda. Şuningdek, 8 nafar talaba Turkiyaning Yildiz texnika universitetida grant asosida öqib qaytdi.
Diplom topşiriş marosimida institut rektori Janpölat Kudaybergenov sözga çiqib, mana şu natijalarni faxr bilan qayd etdi va iliq xotiralarni esladi. Uning ta’kidlaşiça, 4 yil avval mazkur oliygoh oçilganida köpçilik uning sifatli ta’lim berişiga işonmagan.

YoDJU texnika instituti rektori:
«Bugungi kunga kelib, ortga nazar taşlasak, biz barça jarayonlardan ötdik, ta’lim sifatini ham körsatdik. Endilikda mana bitiruvçilarimiz katta hayotga qadam qöyişmoqda, ularning hammasiga doim birinçi bölib yurişlarini, kelgusi işlarida omad tilab qolaman. Yaxşi kunlarda uçraşgaymiz», – dedi rektor.
Institut taşkil qilinganidan söng, uning oldiga zamonaviy kasbiy bilim, kompetensiya va amaliy könikmalarga ega, yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlaş asosiy vazifa sifatida qöyilgan. Bu iş qoyilmaqom tarzda bajarildi, deyiş mumkin. Boisi, bitiruvçilarning aksariyati iş bilan ta’minlangan, ular kelgusida nima bilan band bölişini bilişadi.
Qudratillo Solijonov
YoDJU texnika instituti bitiruvçisi:
«Boşida talaba böldik, hozirga kelib Discover Invest kompaniyasida quriliş bölimida işlayman. Sönggi yillardagi quriliş jarayonida Taşkent city, prezident maktablari qurilişida, boş vazir qabulxonasi rekonstruksiyalarida iştirok etdim. Mana şu amaliyotimiz davomida ança tajribaga ega böldik. Kelgusida olgan bilimlarimizni işimizda qöllaşga harakat qilamiz».
Farzandlari bu kabi yuqori natijalarga erişgan ota-onalar ham xursand.












