O‘zbekiston | 12:00 / 16.03.2022
8351
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida YTIT Job Fair – 2022 tashkil qilindi

Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z sohasining ustalari bo‘lgan insonlarga bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda, aynan, ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: Yodju texnika instituti

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida joriy yilning 15 mart kuni institutimiz va mamlakatimizning boshqa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun an’anaviy bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi -  YTIT Job Fair – 2022 tashkil qilindi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – manfaatdor ish beruvchilar va ish izlovchilarni jalb etish, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga imkoniyat yaratishdan iborat bo‘ldi.

YTIT Job Fair – 2022 da mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan 50 ga yaqin yirik kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishdi. Ulardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, "O‘zbektelekom" AK, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik axborot markazi, UzAuto Motors Powertrain, Uzassystem QK, RPI «UzInjiniring», ASTRUM IT ACADEMY, AKFA GROUP, Discover invest, Artel, TECHNOPARK AL-JABR, Ipak Yo'li Bank, Hamkorbank, Oxymed, EMAN kabi kompaniyalarning kadrlar masalasiga mas’ul xodimlari mehmon bo‘lishdi.

Foto: Yodju texnika instituti
Foto: Yodju texnika instituti

Tadbirda ish beruvchi kompaniya va tashkilotlarning prezentatsiyalari, talabalarning ish beruvchilar bilan suhbati, bo‘sh ish o‘rinlari uchun dastlabki saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Mehnat yarmarkasi davomida 1000 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdilar va 150 nafari ishga joylashish va stajirovka o‘tash uchun yo‘llanma oldilar.

Tadbir doirasida «Arxitektura va shaharsozlik», «Kosmetologiya» yo‘nalishlari talabalarining loyihalari taqdimoti, “Fashion show” – “Liboslar dizayni” yo‘nalishi talabalari tomonidan yaratilgan liboslar kolleksiyalari namoyishi, kitob yarmarkasi va talabalarning ijodiy chiqishlari ham tashkil qilindi.

Sayt : www.ytit.uz

Telegram : t.me/yodju

Feysbuk: fb.com/ytit.uz

Instagram: instagram.com/ytit.uz

YouTube: youtube.com/channel

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid