Qadimiy va hamisha navqiron ma’rifat markazlaridan biri Samarqand shahrida YoJU texnika institutining filiali ochilishi haqida mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!

Institut iqtisodiyotning turli sohalarida talabga javob beradigan, zamonaviy kasbiy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi. Shuningdek, 2021 yil ilk bor xalqaro oliy ta’lim maskanlari orasida YoJU texnika institutining filiali Namangan shahrida tashkil topdi.

Institut zamonaviy jihozlangan, doimiy ravishda yangilab turiladigan axborot-resurs bazasiga ega. Dars berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar saralab olingan. Ular qatorida Buyuk Britaniya, AQSh, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar ham bor. Ko‘plab mahalliy professor-o‘qituvchilar esa Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQShning yetakchi universitetlari diplomlariga ega.

Toshkent shahridagi YoJU texnika instituti ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va institut tomonidan berilgan diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi. Toshkent shahridagi YoJU texnika instituti o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 yil 24 iyuldagi № OT 0002 davlat litsenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son «Toshkent shahridagi YoJU texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida olib boradi. Shuningdek, institut 2022 yilda O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib xorijiy KAZSEE va IQAA agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

















