Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 apreldagi 5992-sonli «2020-2025 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qiliş strategiyasi töğrisida»gi farmoni ijrosi doirasida kelişuv imzolangan bölib, unga muvofiq Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda «Asakabank» AJ öz faoliyatini transformatsiyalaştiriş va xususiylaştiriş borasida faol iş olib bormoqda.

«Asakabank» AJ va uning aksiyadorlari tomonidan bajarilişi majburiy bölgan şartnomaning asosiy şartlari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • Individual tiklaş rejalariga muvofiq samarasiz kreditlarni soğlomlaştiriş böyiça çora-tadbirlarni jadal amalga oşiriş; notijorat kreditlar portfelini oşirişga yöl qöyilmaslik;
  • Institutsional transformatsiya çoralarini amalga oşiriş orqali bankni tijoratlaştiriş;
  • «Asakabank» AJga şartnoma imzolangan kundan boşlab butun faoliyat davri mobaynida jahon ilğor tajribalari asosida qaror qabul qilişda töliq avtonomiya beriş;
  • Kuzatuv Kengaşi va tegişli qömitalarning samarali işlaşini ta’minlaş uçun korporativ boşqaruv islohotlarini amalga oşiriş;
  • YeTTBning ekologik va ijtimoiy siyosatiga mos kelmaydigan Bank kreditlarini moliyalaştirişni töxtatiş rejasini işlab çiqiş va tasdiqlaş.

Şartnoma şartlarining bajarilişi va kutilayotganidek YeTTBning aksiyadorlar qatoriga kirişi, şubhasiz, bankka ilğor xalqaro tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etiş, bank faoliyatiga eng oldi jahon amaliyotini joriy etiş, uning raqobatbardoşligini oşiriş, şuningdek, jahon moliya bozorlariga çiqiş imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida