Samarqandda bir mas’ulning qarori bilan boşlangan qurilish u boşqa lavozimga ötganidan keyin çiqargan yangi qarori bilan töxtatib qöyildi. Natijada uç yuzdan ortiq fuqaroning yangi uyi foydalanişga topşirilmayapti.
Bu haqda Kun.uz'ga murojaat qilganlar ularni heç kim eşitmayotgani, şartnoma şartlari esa muttasil buzib kelinayotganidan norozi.

“Kapital Qurilish Direksiyasi” davlat korxonasi 2020 yilda Samarqand şahri Qorasuv massividagi beşta köp qavatli uy, jami 364 ta xonadon qurilişini zimmasiga oladi. Uylar subsidiya asosida qurilayotgani va eng asosiysi, qurilish qilayotgan kompaniya davlat korxonasi ekanini inobatga olgan fuqarolar tez orada sifatli uylarga köçib kirişiga işonadi. “DK”ga urğu berayotganimiz sababi, odatda bunday loyihalarni biror xususiy korxona zimmasiga olsa-yu, oyoğini osmondan qilsa, bu taşkilotni köçadagi daydi it ham bir qopib olgisi keladi.
Xullas, bizga murojaat qilganlarning aksariyati “Kapital Qurilish Direksiyasi”ning aynan davlat korxonasi ekaniga köproq e’tibor berişganini yaşirmadi.
Tölov qilingan pullar oson topilmagan, uydan esa darak yöq

Oqdaryolik Nigora Mirzayeva uç nafar öğli Rossiyada işlayotganini aytadi. U qişloqda uy qurişga şaroit bölmagani uçun Qorasuv massivida qurilişi boşlangan uşbu uylarga ariza topşirgan. Ayol katta öğlini uylantirib, yoşlarni aynan şu uyga olib kelmoqçi bölgan.
Qurilish keçikyapti, boşidan tölangan 143 million sömni qaytarib olişning ham imkoni yöq, çunki inflatsiya hisobiga endi u boşqa uyga tölov qilgan taqdirda ham yutqazadi.

Iskandar Salimov ham kuyib qolganlardan. U “Kapital Qurilish Direksiyasi” mas’ullari bilan bir neça marta telefon orqali boğlanib, uçraşib ham biror natijaga erişib bölmayotganini aytdi. Samarqand şahar hokimligi qurilish bölimidagilardan ham tayinli javob ololmayapti.
“200 million söm tölov qilganman. Oçiği, bu pulni oson topmaganman, eşşakday işlab, örisning mehnatini qilganman. Ana quriladi, mana quriladi bilan ham olti oy ötib ketdi. Har safar şu yolğonni eşitamiz. Holatdan viloyat, şahar hokimligi, prokuratura töliq xabardor, lekin işda siljiş bölmayapti”, – deydi Salimov.


























