21 yoşli serjant Şişimarin rossiyalik harbiylar Ukrainaga bostirib kirganidan keyin mahkamaga tortilgan ilk rossiyalik harbiy bölgandi.
23 may kuni Kiyevdagi Solomenskiy sudi «Uruş urf-odatlarini buziş» moddasi böyiça uni umrbod qamoq jazosiga hukm etgandi. Sud uni Çupaxovka qişloğida yaşagan 62 yoşli Oleksandr Şelipovni öldirişda aybdor deb topgandi.
Serjant birinçi sud majlisidayoq öz aybiga iqror bölgandi.
Iyun oyi oxirida Şişimarinning advokati unga çiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya bergani ma’lum bölgandi.
Şişimarinni nima uçun sud qilişgandi?
28 fevral kun röy bergan voqealar, ayblovçi tomon talqiniga köra, şunday rivojlangan: Grinçenkovo qişloği yaqinida ukrain harbiylari tarkibida Şişimarin ham bölgan kolonnani yakson etgan, şundan keyin u va yana tört nafar rossiyalik harbiy mahalliy aholi vakillaridan birining maşinasini egallab olib, çegara tomon harakatlangan.
Yölda ular telefon orqali gaplaşayotgan Şelipovni uçratişgan, Kufakov familiyali harbiy Şişimaringa uşbu erkak ukrain harbiylariga xabar yetkazmasligi uçun uni öldirişni buyurgan.
Şişimarin avtomat orqali bir neça öq uzgan, Şelipov öz uyidan bir neça ön qadam masofada boşidan olingan jarohatlar tufayli şu zahoti jon bergan.
Qotillikdan köp ötmay Şişimarin bölgan avtomobil zarbaga uçragan, keyin u va yana uç nafar harbiy xizmatçi asir tuşgan.
Şişimarinning advokati Viktor Ovsyannikov sudda serjant öz komandiri deb hisoblagan ikki şaxs bosimi ostida harakat qilgani va Rossiya qurolli kuçlari nizomi talablariga rioya etganini ta’kidladi. Advokatning sözlariga köra, 21 yoşli harbiy öq nişonga tegmasligidan umid qilgan holda bu buyruqni bajargan.
Şişimarinning özi hikoya qilişiça, öt oçiş haqida buyruq bölgaç, u sustkaşlik qilgan va öq uzmagan. Şundan keyin unga Kufakov familiyali kişi («notaniş») ögirilib, barçani xavf ostida qoldirmaslik uçun öşqirgan holda öt oçişni buyurgan.
«Men uni öldirmoqçi emasdim. Meni tinç qöyişlari uçun öt oçdim», degan sudda Şişimarin.
«Menga otişni buyurişdi». Rossiyalik harbiy sudda qurolsiz ukrainalikni öldirganini tan oldi












